Nagelsmann ishdan olindi. Unga qancha tovon puli to'lashligi ham ma'lum

3 iyul 2026, 10:36
Yulian Nagelsmann JCH-2026 dan chiqib ketish fonida Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etmoqda.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.

2 iyul kuni Germaniya futbol federatsiyasining Frankfurtdagi qarorgohida murabbiy bilan 3 soatlik uchrashuv bo'lib o'tdi va unda mutaxassisga terma jamoadagi faoliyatini yakunlash taklif qilindi.

Avvalroq 38 yoshli murabbiyga 7 million evro miqdorida tovon puli to'lanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano