Fabio Kannavaro: "Men haqimda tarqayotgan gap-so'zlar ertalab uyg'onganimdan boshlab 24 soat davomida O'zbekiston uchun ishlayotganimni inkor etmasligi kerak."

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 19:25
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Osiyo kubogi muddatining o'zgarishi sizga jamoani yanada takomillashtirish uchun vaqt beradi. Bu vaqt davomida terma jamoada qanday o'zgarishlar qilishni rejalashtiryapsiz?

- Ha, albatta, biz barchasiga tayyormiz, barini rejalashtirganmiz. Boshida bu yangiliklarni eshitganimizda, Nima uchun, nima uchun ular bunday qilishdi? degan savollar tug'ilgandi. Lekin, to'g'risini aytsam, oxirida bundan xursandman, chunki bizda ko'proq vaqt bor. Ko'proq vaqt bo'lgani sababli boshqa jamoa qurishga, yangi futbolchilarni ko'rishga harakat qilamiz va bu biz uchun foydali deb o'ylayman. Osiyo Kubogi o'rniga yana bir yig'in o'tkazmoqchimiz. Bu yig'in katta ehtimol bilan legionerlarsiz o'tkaziladi (FIFA kunlari bo'lmagani uchun), klublarning etiroziga sabab bo'lmaydigan maqbul muddatni tanlaymiz. Mart, iyun, sentyabr oylaridagi FIFA kunlarida ham yig'inlar o'tkazamiz. Men har doim federatsiyadan kuchli terma jamoalar bilan o'ynashni so'rayman. Natija muhim emas, asosiysi o'yinchilarimizga kuchli o'yinlar orqali tajriba berish, o'z qiymatimizni bilishimiz va qayerda o'sishimiz kerakligini tushunishimiz. Koreyaga qarshi o'yinda intensivlikni ko'rdik, ular ikkta vaziyatdan ikkta gol urib ketishdi. Biz top bilan va to'psiz qanday harakat qilish kerakligini o'rgandik. Bazan chiroyli o'ynamasdan turib ham yutishni bilish kerak. Rossiya, Eron, Koreya, Saudiya Arabistoni kabi kuchli jamoalar bilan o'ynash biz uchun muhim.

- Rossiya terma jamoasi, Rossiya terma jamoasining balki bazi o'yinchilari, shu o'yinchilar haqida ma'lumotga egadirsiz? (Rossiyalik jurnalistdan savol)

- Albatta, biz o'yinchilarni ham, jamoani ham yaxshi bilamiz. Bu vaqt ichida ko'plab o'yinlarni ko'rdik. Bu juda kuchli jamoa, chunki ular jamoa bo'lib o'ynashadi. Murabbiyni ham bilaman, chunki u ham juda yaxshi futbolchi bo'lgan. Ularning juda yaxshi falsafasi bor: agressiv, kompakt va birgalikda ishlaydilar. Biz uchun oson bo'lmaydi, lekin har bir jamoaning yaxshi va yomon jihatlari bo'lgani kabi, biz ham futbolchilarimizga video orqali hamma narsani ko'rsatamiz. Bu juda yaxshi sinov bo'ladi, chunki men har doim kuchli va yaxshi jamoalarga qarshi o'ynashni yaxshi ko'raman. Bunday terma jamoalar bilan to'qna kelish imkoniyati biz uchun muhim. Biz yoshlarga tajriba beri jarayonidamiz, shuning uchun Rossiyaga qarshi o'ynashdan mamnunman.

- Bilamizki, oldingi sentyabr oydagi yig'in, uchta o'yin o'tkazdingiz, lekin ikkita darvozabonga imkoniyat berdingiz (Abduvohid Ne'matov va Vladimir Nazarov). Endi bu ertangi o'yinda Edem Nemanovga ham imkoniyat berasizmi?

- Kim bu yerda bo'lsa, o'ynashi mumkin. Ko'pchilik darvozabonlarda muammo borligi haqida gapiradi, lekin murabbiy sifatida men mayda detallarga e'tibor beraman. Agar Koreyaga qarshi o'tkazib yuborilgan ikkita golni ko'rsak, futbolchilarga jonli devorda turganda qimirlamaslik kerakligini tushuntiraman, aks holda darvozabonlarimizni o'ldirib qo'yamiz. Faqat darvozabonlar emas, kecha himoyachilar bilan ham gaplashdim. Jarima maydonchasida odamma-odam o'ynaganda, bunday hujumchilarga bunday erkinlik berib bo'lmaydi, yo'qsa darvozabon xato qilmagan vaziyatda ham gol o'tkazib yuboramiz. Har safar darvozabon xato qiladi degani emas. Har gapirganda bosim qilinsa, yuzta darvozabonni sinab ko'rsak ham echim topmaymiz. Bizda hozir to'rtta yaxshi darvozabon bor, ligamizda ham boshqalar bor, hammasini kuzatyapmiz, muammo yo'q. Kelajakda kim o'ynashini ko'ramiz, barchaga imkoniyat berish kerak.

- Savolim shundan iborat ediki, so'nggi Osiyo kubogining qoldirilishi bilan birga, so'nggi ikki-uch haftadir Fabio Kannavaro nomi atrofida juda ko'p xabarlar yuribdi (shartnomalar haqida). Yaqinda Sky Sportsga bergan intervyularingizda aytib o'tdingiz: O'zbekistonga kelgan davrlardan beri ko'plab intervyularda, Italiya A seriyasidan taklif tushsa o'zimni sinab ko'rishga tayyorligingizni va UFA bilan ham shuni gaplashib o'taman degansiz. Shuningdek, meksikalik va shimoliy amerikalik agentliklar bilan shartnoma tuzganingiz haqida xabarlar tarqadi. Oddiy inson, jurnalist, O'zbekiston futbol muxlisi sifatida bu holat meni biroz ranjityapti. Chunki 40 millionlik katta O'zbekiston xalqining bosh murabbiyi, vatanning birinchi jamoasi bosh murabbiyi boshqa joyga simpatiya bildirib turgani qanchalik to'g'ri? Hammaning orzusi borligini tushunaman, lekin o'zbekistonlik sifatida mening ham orzuim O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi o'z ishini birinchi o'ringa, prioritetga qo'yishida. O'z davrida Kuper v Katanets ham hech qachon "Agar Sloveniya yoki Argentinadan taklif tushsa, o'ylab ko'rardim" demagan. Bu fabio Kannavaroning nomi katta bo'lgani bilan bog'liqmi, chunki bu holat xunuk ko'rinyapti?

- Bu mening orzuim, albatta. Hammaning orzusi bor. Lekin bu har kuni ertalab uyg'onib, O'zbekiston terma jamoasi uchun 24 soat ishlayotganimni inkor etmaydi. Men futbolda ishlay boshlaganimdan beri professional insonman. Orzu qilish normal holat. Men bu terma jamoada deyarli 20 yil yashaganman (Italiya terma jamoasini nazarda tutmoqda). Agar shunday desam, nima uchun meni ayblaysiz? Biz har xil insonlarmiz, har xil profildamiz. Agar men nimadir desam, buning og'irligi bor, ammo bu mening muammogim yoki xatoim emas. Men boshqa odamman, shuning uchun shunday deganman. Har kuni ertalab erta turib, professional murabbiy sifatida O'zbekiston terma jamoasi uchun ishlayman. Nima uchun doim futboldan tashqari narsalarni gapirasiz. Do'stim, sen bilan bu haqda bir necha kun avval ham gaplashgan edik? Kel, futbol haqida, statistika va boshqa narsalar haqida gaplashaylik. Doim nimagadir noto'g'ri narsa topishga harakat qilasizlar. Futbol haqida gapiringlar!(kuladi) Ertaga juda yaxshi jamoaga qarshi o'ynaymiz, yosh o'yinchilar o'zlarini ko'rsatishadi. Men murabbiy bo'lganimdan beri shunday gaplar bo'ladi. Federatsiya bilan hech qanday muammomiz yo'q, shartnomam oktyabrgacha, dekabrda Osiyo kubogidan keyin federatsiya bilan gaplashamiz. Assotsiatsiya prezidenti bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Hech qanday muammo ko'rmayapman, bu yerda ishlayotganimizdan xursandmiz. Pozitiv bo'laylik, hayotdan zavq olaylik!

- Masharipov, O'runov, Yusupov va Sergeevlar chaqirilmayapti. Bu sport principlariga ko'rami yoki murabbiy bilan qandaydir konflikt bormi?

- Konflikt yo'q, hamma bilan yaxshi munosabatdaman. Ushbu futbolchilar bilan hech qanday muammo yo'q.

- Men Toshkentga velosipedimni olib kelganman degan edingiz. U hali ham siz bilan Toshkentdami?

- Albatta, men sport bilan shug'ullanishni yaxshi ko'raman. Tizzam og'riydi, shuning uchun ko'p yugura olmayman. Velosiped esa har doim men bilan birga.

- Savolim ertangi noyabr oydagi raqiblarni tanlashda bosh murabbiyning taklifi bo'lganmi (qaysi terma jamoa bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha) va Osiyo kubogi muddatining o'zgarishi rejalaringizga qanchalik ta’sir qildi?


- O'tgan yilgidek yanvarda bir yig'in o'tkazishga harakat qilamiz. Xalqaro o'yinchilar bo'lmasa ham, birga vaqt o'tkazish yaxshi. Mart, iyun, sentyabr oylaridagi FIFA kunlarida ham kuchli jamoalar bilan o'ynashni so'rayman. Natija muhim emas, asosiysi futbolchilarga chinakam og'ir o'yinlar tajribasini berish. Koreya bilan o'yindagi intensivnolikni ko'rdik. Bazan kir (o'jar) o'yinlarda ham yutishni bilish kerak. Rossiya, Eron, Saudiya Arabistoni kabi top-jamoalar bilan o'ynash biz uchun juda muhim.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia