Vinisius dron zarbasi oqibatida oyoqlaridan ayrilgan sudanlik bolani "Real" o'yiniga taklif qildi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2026, 20:31
"Real" vingeri Vinisius Junior Sudandagi fuqarolar urushida jabrlangan bolakayni Madrid klubining uchrashuviga taklif qildi.

Zaher 2024 yili Xartum shahridagi dron zarbasi oqibatida ikkala oyog'idan ayrilgan edi. U hozirda Misrda reabilitaciya jarayonini o'tamoqda va unga protezlar o'rnatilgan. 2025 yilda u jurnalistlarga o'zining eng sevimli o'yinchisi Vinisius Junior ekanligini takidlagan edi.

Kuni kecha reportyorlar 13 yoshli bolaga braziliyalik futbolchining videomurojaatini ko'rsatishdi.

"Zaher, marhabo (salom). Men sening tarixingni eshitdim. So'nggi bir necha oy ichida senga qanchalik og'ir bo'lganini tasavvur qila olaman. Sen mehnatkash qoratanli yigitsan. Yangi protezlaringdan unumli foydalanib, yana futbol o'ynashga qaytishingga va baxt topishingga chin dildan umid qilaman. Sen bunga munosibsan. Men seni "Madrid"ning o'yiniga taklif qilmoqchiman. Biz bir kunni birga o'tkazishimiz mumkin", - dedi Vinisius.

"Vinisiusga uni yaxshi ko'rishimni etkazib qo'yinglar. Uning murojaati meni juda ilhomlantirdi", - deya munosabat bildirdi Zaher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC