“Fenerbaxche” prezidenti O'zil haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
8 dek 2020, 19:50
“Fenerbaxche” rahbari Ali Koch “Arsenal” xavbeki Mesut O'zilning ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

“O'zil – juda yaxshi futbolchi, u “Fenerbaxche”ga mos kelgan bo'lardi. Uning moliyaviy talablarini bilish lozim, ularni esa qondira olmaymiz deb o'ylayman”, deya aytgan Koch.

32 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsum “to'pchilar” safida birorta ham o'yin o'tkazmadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yil yozida tugaydi.

O'xshash yangiliklar

Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Asist Analiz