Fekir "Lion"dan klub rahbariyati soqolini olishni so'ragani uchun ketgan bo'lishi mumkin

Alisher
29 yanv 2022
Hujumchi Nabil Fekir francuz klubi rahbariyatining soqolni olish borasidagi so'rovi sabab 2019 yilda "Lion"dan "Betis"ga o'tgan bo'lishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, "Lion" rahbariyati 28 yoshli fransiyalik futbolchidan soqoli Islom dini ramzi sifatida qabul qilinmasligi uchun uni olishni so'ragan.

Fekirga rahbariyatning so'rovi yoqmagan va klubdan ketishga qaror qilgan.

Fekir joriy mavsum "Betis" libosida 26ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etdi. Uning Sevilya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport