Federiko Valverde: "Darvozada Kurtua borligi ishimizni ancha engillashtiradi"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng jamoadoshlarining o'yini haqida to'xtaldi.

U ayniqsa darvozabon Tibo Kurtua va hujumchilarning himoyadagi mehnatini alohida etirof etdi.

"Har doim aytaman: darvozada Kurtuaning borligi vazifamizni ancha osonlashtiradi. Agar raqib bizni dog'da qoldirsa ham, ortimizda Tibo borligini bilamiz. Futbolchi sifatida biz raqibga kamroq imkoniyat berishga harakat qilishimiz kerak. Menimcha, himoyada yaxshi ishlayapmiz va bunda hujumchilarimizning ham hissasi katta. Ular biz ko'p yugurmasligimiz va to'pni maydonning yuqoriroq qismida olib qo'yishimiz uchun katta kuch sarflashmoqda. Bu - butun jamoaning yutug'i.

Bo'sh hudud bo'lganda, bizning hujumchilar har qanday vaziyatni golga aylantirishi mumkin. Ammo men bugun ularning himoyadagi mehnatini alohida qayd etmoqchiman. Vinisius, Mbappe, Mastantuono, Gonsalo... ular bugun himoyaga juda katta yordam berishdi va shu bilan birga hujumda ham zavqlanib o'ynashdi", - dedi Valverde klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com