Karvaxal "Xetafe"ga o'tishga yaqin

Sherzod Nurmatov
6 okt 2026, 19:50
"Real" sobiq himoyachisi va sardori Daniel Karvaxal "Xetafe" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, klub tarkibni kuchaytirish maqsadida erkin agentlar bozorini o'rganib chiqqan. Karvaxal bilan shartnoma imzolash imkoniyati so'nggi soatlarda paydo bo'ldi va "Xetafe" futbolchi bilan kelishuvga erishish istiqbolini ijobiy baholamoqda.

34 yoshli Karvaxalning o'zi ham ushbu transferga ochiq. U uchun mazkur variantning asosiy afzalliklaridan biri - Madrid shahrida yashashda davom etish imkoniyatidir.

Karvaxal 2013 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelgan. Himoyachi barcha turnirlarda “qirollik klubi” libosida 435 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 65 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchi jamoa bilan birgalikda 6 marta Chempionlar Ligasida, 5 marta Ispaniya chempionatida g'olib chiqdi, ikki karra Ispaniya Kubogi va besh karra mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, u 2012/13 yilgi mavsum "Bayer" safida ham o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: getafecf.com