Rasman: "Navbahor"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2025
Sal avval jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan iste'foga chiqarilgani haqida e'lon qilingandi.

"Bugun oqshomda jamoamiz mahshg'uloti oldidan vice-prezident Akramjon Gapparovich Dedabaev tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida "Navbahor" jamoasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sherzod Jo'raevni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

Sherzod Hamidovich Jo'raev "Navbahor"ning sobiq futbolchisi, ko'p yillar jamoamiz murabbiylar shtabida yordamchi sifatida faoliyat olib borgan hamda mavsum startidan shu kungacha yoshlar jamoamizni boshqarayotgandi. Sherzod Hamidovich boshqaruvida "Navbahor" U-21 hamoamiz hozirda musobaqa peshqadami sifatida turnir jadvalini boshqarib kelayotgan edi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, namanganliklar 22 turdan so'ng Superliga musobaqa jadvalida 33 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати