Yevropada mundial yo'lida so'nggi qadam. Italiya JCHda ishtirok etmaydi, Turkiya, Shvetsiya hamda yana ikki jamoa muvaffaqiyatga erishishdi

Aslanov Jasurbek
1 apr 2026
Bugun, 31 mart kuni Yevropa qitasida Jahon chempionati yo'llanmasi uchun hal qiluvchi pley-off bosqichining final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Jamoalar maydonga tushadigan asosiy tarkiblar bilan tanishing:

Bosniya va Gertsegovina – Italiya 1:1 (penaltilar seriyasi 4:1)
Gol: Kin, 15 (0:1),Tabakovich, 79 (1:1).
Bosniya va Gertsegovina: Vasil, Dedich, Muxaremovich, Kolashinac, Katich, Shunich, Bashich, Bayraktarevich, Memich, Jeko, Demirovich.
Italiya: Donnarumma, Manchini, Bastoni, Kalafori, Politano, Barella, Lokatelli, Tonali, Dimarko, Kin, Retegi.

Bosniyaliklar o'z uylarida Italiyaga qarshi bahs olib borishdi va penaltilar seriyasida omadliroq chiqib, mundial yo'llanmasiga ega chiqishdi.

Shvetsiya – Polsha 3:2
Gollar: Elanga, 20 (1:0), Zalevski, 33 (1:1), Lagerbilke, 44 (2:1), Sviderski, 55 (2:2), Dyokeresh, 88 (3:2).
Shvetsiya: Nordfeldt, Gudmundsson, Lindelyof, Starfelt, Lagerbilke, Svensson, Nyugren, Karlstryom, Ayari, Elanga, Dyokeresh.
Polsha: Grabara, Bednarek, Visnevski, Kivyor, Kesh, Zalevski, Zelinski, Shimanski, Kaminskiy, Sviderski, Levandovski.

Dramatik tarzda kechgan bahsda shvedlar Polshani mag'lub etishdi. Dyokereshning 88-daqiqada urgan goli Shvetsiyaga g'alaba va JCH yo'llanmasini taqdim etdi.

Kosovo – Turkiya 0:1
Gol: Aktyurkoglu, 53 (0:1).
Kosovo: Murich, Dellova, Redjbechay, Musliya, Aslani, Xayrizi, Voyvoda, Muriki, Gallapeni, Xoja, Xaydari.
Turkiya: Chakir, Chelik, Kyokchyu, Aktyurkoglu, Gyuler, Chalxanoglu, Yildiz, Bardakji, Kabak, Yuksek, Kadioglu.

Chexiya – Daniya 2:2 (penaltilar seriyasi – 3:1)
Gollar: Shulc, 3 (1:0), Andersen, 72 (1:1), Kreychi, 100 (2:1), Xyog, 111 (2:2).
Chexiya: Kovarj, Xaloupek, Granach, Kreychi, Coufal, Zeleny, Shulc, Souchek, Darida, Shik, Provod.
Daniya: Xermansen, Bax, Nelsson, Mexle, Andersen, Yulmann, Xyoyberg, Froxoldt, Damsgor, Isaksen, Xoylund.

Chexiya va Daniya o'rtasidagi bahsda ham g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda chexlarning qo'li baland keldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia