Evra Brununing ketishiga qarshi: "U jamoaning eng muhim o'yinchisi, usiz MYU Yevropa Ligasi finaliga chiqmagan bo'lar edi. Uni qo'yib yuborishsa, xato bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
14 may 2025
Patris Evra Brunu Fernandeshning "Manchester Yunayted"dan ketishiga qarshi chiqdi.

Xabarlarga ko'ra, yarim himoyachi "Al Hilol" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan.  

"U [Ruben Amorim] keyingi mavsumda raqobatbardosh jamoaga ega bo'lishni xohlaydi. Bizga ko'proq himoyachilar, yaxshi hujumchi va ehtimol, Brununi qo'llab-quvvatlash uchun bir necha yarim himoyachi kerak.  

Eshitishimcha, Saudiya Arabistonida Brunu uchun katta pul taklif qilishgan va men uni qo'yib yuborishsa, bu xato bo'ladi deb o'ylayman.  

Odamlar uning yoshi – 30 da ekanini gapirishadi. Yo'q! U jamoaning eng muhim o'yinchisi. Menimcha, agar Brunu bo'lmaganida, ehtimol, biz Yevropa Ligasi finaliga chiqmagan bo'lardik", – dedi "Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Sky Sports’ga bergan intervyusida.  


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports