Eshli Yang APLdan tushib ketgan jamoa uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2025
"Everton" sobiq futbolchisi Eshli Yang "Ipsvich"ga o'tadi.

"Manchester Yunayted" va "Aston Villa" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi yakunlangan mavsumda APLdan tushib ketgan "Ipsvich" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. U yangi klubi bilan bir mavsumlik shartnoma imzolaydi. Uning transferi ertaga e'lon qilinadi.

Yang o'tgan mavsumda APLning 32 o'yinida 1 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal