"Dinamo" futbolchisi Akbar Xudoyberdiev: "G'alabani otamga bag'ishladim"

Iskandarov Abdulaziz
11 sen 2026, 10:49
"Dinamo" - "Qizilqum" (1:0) uchrashuvining eng faol o'yinchilaridan biri bo'lgan 19 yoshli Akbar Xudoyberdiev o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

"G'alabani dadamga bag'ishlayman. Dadam bazi bir sabablarga ko'ra o'yinimizni stadionga kelib kuzata olmayapti, shu bugun o'yinni televizorda ko'rganini bilaman. O'ylashimcha, ishonchini oqladim, deb o'ylayman. Keyingi o'yinlarda ham yaxshi kayfiyatda tayyorgarlik ko'ramiz. To'g'ri, boshida U-21 jamoasida o'ynay boshladim. Keyinchalik Vadim Karlenovich o'yin amaliyoti berdi. Ishonchlarini oqlayman deb o'ylayman.

Maqsadimiz kuchli uchlikka kirish. "Dinamo" muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Akbar Xudoyberdiev.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати