Eshitdik-da! "Buxoro"dan 3 ochko olib tashlanadi

Buxoro shahrining shu nom bilan ataluvchi jamoasi o'tgan yil uchun futbolchilar oldidagi qarzdorligini yopishni paysalga solishda davom etmoqda.

"Buxoro" rahbariyati dastlab mazkur qarzlarni 1 martga qadar, keyin esa 1 mayga qadar yopishni vada qilgan edi. Championat.asia'ga ma'lum bo'lishicha, hamon bu borada amaliy ishlar amalga oshirilmagan, shuningdek, klub O'FA futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitaning qarorlarini bajarmagan. Shu tufayli O'zbekiston futbolchilar uyushmasi bu borada O'FA qo'mitasiga murojaat qilgan. Tez orada tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazilib, "Buxoro" jamoasidan 3 ochko olib tashlanishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, "Buxoro" jamoasi Pro liganing ortda qolgan 5 turidan keyin 10 ochko bilan 3-pog'onani egallab turibdi.

Usmon Toshev "Buxoro"ga qaytdi


Manba: championat.asia