Enrike: "Roma" - PSJ ushbu mavsumda to'qnash kelgan eng kuchli raqib"

Sherzod Nurmatov
26 noya 2026, 12:55
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida "Roma" bilan qayd etilgan durangdan (2:2) so'ng Rim jamoasini maqtadi.

"Bu juda og'ir o'yin bo'ldi. Buni boshidanoq kutgandik va "Roma" butun 90 daqiqa davomida shunday shiddatni saqlab qoldi. Raqib tinimsiz pressing qildi va hatto bir ochkodan ko'prog'iga ham munosib edi. Jamoamning o'yinidan juda mamnunman, ammo tan olishim kerak - bu biz ushbu mavsumda duch kelgan eng kuchli raqib.

Bunday bahslarda to'p yo'qotilgandan so'ng uni tezda qaytarib olish juda muhim. Raqib butun uchrashuv davomida buni a'lo darajada uddaladi, shuning uchun durangdan qoniqdim. Bu haqiqatan ham biz uchun joriy mavsumdagi eng qiyin o'yin bo'ldi".

PSJ 13 ochko bilan CHL umumiy bosqichi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. "Roma" esa 5 ochko jamg'arib, 25-pog'onaga ko'tarildi.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN