18 yoshli Uilyams-Barnett "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
26 noya 2026, 12:05
"Tottenxem" yarim himoyachisi Luka Uilyams-Barnett London klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.

Kelishuv 2031 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

18 yoshli angliyalik futbolchi "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u 10 yoshida klub akademiyasiga qabul qilingan.

21 noyabr kuni Uilyams-Barnett APL doirasidagi "Ipsvich"ga qarshi o'yinda (2:0) ilk bor jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi. Yarim himoyachi ushbu bahsda gol va golli uzatma qayd etib, 2007 yilda Garet Beyl qayd etgan natijadan buyon "Tottenxem"ning Angliya chempionatida gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi.

Uilyams-Barnett "Tottenxem" boshlang'ich tarkibida jami 5 ta o'yin o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar

Sherzod NurmatovMuallif
Manba: tottenhamhotspur.com