Endrikni to'xtatib bo'lmayapti! Braziliyalik yulduz "Lion"ni chorak finalga olib chiqdi

Aslanov Jasurbek
5 fev 2026
Fransiya Kubogi 1/8 finali doirasidagi "Lion" hamda "Laval" jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.

Madridning "Real" klubidan ijaraga olingan Endrik yangi jamoasida gol urishdan charchamayapti.

"Grupama" stadionida kechgan bahs tafsilotlari:

O'yinning 80-daqiqasida Endrik hisobni ochdi.

90+4-daqiqada esa portugaliyalik Afonsu Moreyra yakuniy nuqtani qo'ydi - 2:0.

Dahshatli statistika: Endrik qishki transfer oynasida "Lion"ga o'tganidan so'ng barcha musobaqalarda 5 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Braziliyalik vunderkind har o'yinda samarali harakat amalga oshirmoqda!

Shu tariqa, "Lion" chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugun, 5 fevral kuni 1/8 finalning so'nggi bahsida "Strasburg" va "Monako" jamoalari to'qnash kelishadi.

5 fev 2026, 00:30
Olympique Lyonnais — Laval
2 – 0
Tugadi



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia