

43 yoshli bask Arne Slot o'rniga maydonga tushdi va "qizillar" bilan shartnoma imzoladi. Klub kelishuv tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Andoni 2023 yildan beri "Bornmut"ni boshqarayotgandi. Uning davrida klub APLda 12, 9 va 6-o'rinlarni egallagan. U shuningdek Kiprning AEK, Ispaniyaning "Mirandes" va "Raya Valekano" klublarini boshqargan.
Iraola futbolchi sifatida deyarli butun faoliyatini "Atletika"da o'tkazgan (2003-2015) va "Nyu-York Siti"da harakat qilgan.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul” 2025/26 yilgi mavsumni sovrinsiz yakunlagan edi. Klub Premer-ligada 5-o'rinni egalladi, ammo qo'shimcha yo'llanma tufayli Chempionlar ligasiga yo'l oldi.



