Navbatdagi sensaciya: Fransiya Kot-d'Ivuarga mag'lub bo'ldi

5 iyun 2026, 02:20
Fransiya va Kot-d'Ivuar terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.

O'yin Nant (Fransiya) shahridagi “Lya Bojuar - Lui Fonteno” stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvni avstriyalik bosh hakam Sebastian Gisxamer boshqarib bordi. Unda afrikalik futbolchilar 2:1 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvning 45-daqiqasida yarim himoyachi Rayan Sherki jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi bilan hisobni ochdi. 53-daqiqada esa afrikaliklar himoyachisi - Fransiya terma jamoasi hujumchisi Dezire Duening tug'ishgan akasi Gela Due muvozanatni tikladi. O'yinning 84-daqiqasiga kelib, vinger Amad Diallo ivuarliklarni hisobda oldinga olib chiqdi.

JCH-2026 turnirida Fransiya terma jamoasi "I" guruhidan joy olgan bo'lib, u yerda Senegal, Iroq va Norvegiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Kot-dIvuar esa turnirni "E" kvartetida boshlaydi va Ekvador, Germaniya hamda Kyurasao terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia