

Bu hadqa jurnalist Alberto Pereyro xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, 21 yoshli portugaliyalik futbolchi Madrid klubining asosiy transfer maqsadi bo'ladi. Shuningdek, "Real" "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiolni ham tarkibga qo'shib olishni istaydi.
Neveshning amaldagi bitimi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning qiymatini 140 million evroga baholamoqda.
Nevesh joriy mavsum 38 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.



