Elit OCHL. "Traktorsozi" g'alabaga erishdi, Hamrobekov maydonga tushdi, "Al Duhayl" ilk uch ochkosini tantana qildi (+JADVAL)

Aslanov Jasurbek
3 noya 2025, 23:19
OFK Elit Chempionlar ligasining 4-tur uchrashuvlariga start berildi.

Bugungi bahslarda "Nasaf" g'alabani qo'ldan boy bergan bo'lsa, biroz oldin yakunlangan bahslarda BAA va Eron jamoalari g'alabaga erishishdi.


"Traktorsozi" Iroqning "Al Shorta" jamoasini qabul qilib, kichik (1:0) hisobda zafar quchdi. Eronliklar safida to'p tepayotgan Odil Hamrobekov 80 daqiqada zaxiradan bahsga qo'shildi. "Al Duhayl" (Qatar) esa "Shabab Al Ahli"ni (BAA) 4:1 hisobida taslim qildi.



Ushbu uchrashuvlardan so'ng turnir jadvalining g'arb mintaqasida oxirgi o'rnini "Nasaf" egallab turibdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari hozirgacha birorta ochko to'play olgani yo'q. Qarshi jamoasini enggan "Al Vahda" esa ayni damda 10 ochko bilan jadval yetakchisi bo'lib turibdi, ammo "Al Hilol" (9 ochko) bugun "Al Garaafa" ustidan g'alaba qozonsa yetakchilik Saudiya Arabistoni jamoasiga o'tadi.

ELIT OCHL JADVALI

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia