

74-daqiqada Vinisius raqibning sochidan ushlab tortgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan edi.
"Shodlik davom etadi... Jamoamdan va muxlislardan uzr so'rayman", - deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida.
Ispaniya chempionatidagi sakkizta o'yindan so'ng Madridning "Real" klubi 18 ochko to'plab, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. "Vilyarreal" 8 ochko jamg'arib, 13-pog'onada joylashgan.
Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Real" "Sevilya" bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 18 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



