

"Janubiy Koreya shubhasiz Osiyoning eng qudratli jamoalaridan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolmoqda. Men ularni qitamizning top-uchligiga kiritgan bo'lardim. Yangi bosh murabbiy qo'l ostida ular hujumkor o'yin ko'rsatib, oldinga faol intilishmoqda. Jamoada yaqqol ko'zga tashlanadigan yetakchilar mavjud. Birinchi navbatda, aynan Li Kan Inni alohida takidlagan bo'lardim. U Son Xyon Min emas, balki jamoaning asosiy dirijyori hisoblanadi. Agar uni zararsizlantirish imkoni toplsa, O'zbekiston terma jamoasi o'z oldidagi vazifani sezilarli darajada engillashtirgan bo'lar edi. Umid qilamanki, uchrashuv Fabio Kannavaro shogirdlarining g'alabasi bilan yakunlanadi.
Ammo so'nggi o'tkazilgan ikkita o'yin ham e'tiborimni tortdi va ularning ikkalasi ham manzur keldi. Ayniqsa, himoyadagi harakatlar ta tahsinga loyiq. Jamoa safida ko'plab debyutantlar va yangi futbolchilar borligiga qaramay, maydonda xuddi ular allaqachondan beri birga o'ynab kelayotgandek taassurot qoldirdi.
Shu bilan birga, kuzatishlarim davomida ko'zga tashlangan bir jihat - chiziqlar o'rtasidagi zichlikning yetishmayotganidir. Ayniqsa, hujumdan himoyaga (yoki aksincha) o'tish fazalarida bu yaqqol sezilmoqda. O'sha yerda bo'sh zonalar hosil bo'lyapti va bunday bo'shliqlardan unumli foydalanishni bilish kerak",- deydi Tengelbes Musaev.



