

Kalafori 64-daqiqada jamoasiga g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
"Ushbu stadionda men uchun alohida bir qismat bitilganiga ishonaman. Bu yerda debyut qilganman va aynan shu maydonda milliy jamoa safidagi ilk golimni urdim. Turkiyadagi bahs bilan solishtirganda bu butunlay boshqacha o'yin bo'ldi, ustunlikni tezda qaytarib olish juda muhim edi, keyin esa uchrashuvni g'alaba bilan yakunlash uchun barchasini ko'ngildagidek uddaladik.
Himoyachilar tomonidan urilgan gollar - jamoaviy tashabbuskorlik va hujumkor tafakkur belgisi. Mashg'ulotlarda ishlab chiqish uchun vaqt kam bo'ldi, ammo biz murabbiy nimani talab qilsa, shuni maydonda amalga oshirishga harakat qilyapmiz. Gollar borasida bu yilni yaxshi boshladim, lekin men uchun eng muhimi - jismonan tayyor bo'lish. Sport formasida bo'lsam, jamoaga foyda keltira olaman", – dedi 24 yoshli futbolchi.
Italiya terma jamoasi (4 ta o'yindan so'ng 7 ochko) Millatlar Ligasi “A” divizioni 1-guruhi jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Turnir doirasidagi navbatdagi bahsda ular 12 noyabr kuni o'z maydonida Fransiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.



