

21 yoshli futbolchi Italiya va Turkiyaga qarshi kechadigan bahslarda milliy jamoa safida "Yuventus"ning jarohat olgan himoyachisi Per Kaluluning o'rnini egallaydi.
Joriy mavsumda Kumbedi Ikkinchi Bundesligada "Volfsburg" safida 7 ta o'yinda maydonga tushib, samarali harakatlarni amalga oshirmadi. O'tgan mavsumda esa u Bundesliga doirasidagi 24 ta uchrashuvda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.



