Elber: "Gvardiola nafaqat "Bavariya"ning, balki Germaniyaning ham o'yiniga ta’sir qildi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2016
"Bavariya" bosh murabbiyi Jovane Elberning fikricha, klub rahbariyati Xosep Gvardiola bilan o'z vaqtida shartnoma imzolagan.

"Jamoani Gvardiola boshqarishidan oldin, "Bavariya" to'g'ri chiziqli klassik nemis futbolini namoyish etar edi. Gvardiola esa Myunxenga chiroyli futbol olib keldi. Hozir jamoa ko'proq to'pga egalik qilish va futbolchilarning maydon bo'ylab harakatiga e'tibor qaratgan. Ammo Gvardiola nafaqat "Bavariya"ning, balki Germaniya terma jamoasi o'yiniga ham ta’sir o'tkazdi. Uning futbolidagi elementlarni milliy jamoada ham ko'rishi mumkin" - deydi Elber.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal