Ekvador TJda soxta hujjat bilan o'ynayotgan futbolchi aniqlandi. CAS ularga jazo tayinladi

Eldor Akmurzayev
9 noya 2022
May oyida Chili futbol federatsiyasi FIFAdan Ekvador terma jamoasini JCH-2022'dan chetlatishni talab qilgandi.

Bunga ekvadorliklar safida qalbaki pasport bilan o'ynayotgan futbolchi Bayron Kastilo sabab qilib ko'rsatilgan va u aslida Kolumbiya fuqarosi ekanligi ma'lum bo'lgan. FIFA Kastiloga nisbatan ish ochgan, ammo 10 iyunda tartib-intizom qo'mitasi Ekvador foydasiga qaror chiqargan. Biroq, CAS (Sport arbitraj sudi)ga FIFA qarori ustidan bu safar Peri futbol federatsiyasi appelyaciya bergan.

Tashkilot ishni o'rganib chiqdi va Kastilo Ekvador TJda o'ynash huquqiga egaligini ko'rsatdi, ammo hujjatlarni soxtalashtirgani uchun mamlakat termasini JCH-2026 saralashida uch ochkodan mahrum etish borasida qaror chiqardi. Bundan tashqari, sud Ekvador Federatsiyasini 100 ming Shveytsariya franki (taxminan 101,58 dollar) miqdorida jarimaga tortdi.

Eslatib o'tamiz, Ekvador JCH-2022 saralashida o'z mintaqasida 4-o'rinni egalladi. 5-o'rinni olgan Peru pley-offda Avstraliyadan o'ta olmadi. Chili esa kutilmaganda 7-pog'onada qolib ketdi.

23 yoshli fulbek Bayron Kastilo Ekvadorning “Barselona” (Guayakil) jamoasi a'zosi hisoblanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: CAS