Dominik Soboslai: "Liverpul"ga o'tish uchun anchagina mehnat qildim"

Mirjalol Normatov
23 sen 2023
"Liverpul" futbolchisi Dominik Soboslai mersisaydliklar tarkibiga o'tish uchun ancha mashaqqat kechganini aytdi.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida "Liverpul" futbolchining transferi uchun "Leyptsig"ga 70 mln evro to'ladi.

"Liverpul" futbolchisi bo'lish uchun anchagina mashaqqat qildim. Bunday klub tarkibida o'ynash - istalgan futbolchining orzusi. "Liverpul" - dunyoning eng buyuk klublaridan biri", - dedi futbolchi.

22 yoshli Soboslai ushbu mavsumda 5 o'yinda 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: