

"Yaxshi bo'ldi, bu qiyin o'yin edi. Bugun biz penaltini golga aylantira olmadik va bir nechta vaziyatlarni qo'ldan boy berdik.
Kilian Mbappe borasida hech qanday muammo yo'q, u gol urguniga qadar imkoniyatga ega bo'lgan esa-da, o'ziga hech qachon shubha qilmaydi.
Biz aynan o'zimiz xohlagan joydamiz. Endi yaxshigina tiklanib olamiz va raqibimiz kim bo'lishini kutamiz. Fransiyada qanchalik hayajon va ehtiroslar hukm surayotganini tasavvur qila olaman. Bu yerda esa biz o'z dunyomizdamiz va men bunga yanada ko'proq amin bo'lmoqdaman. Biz bu erga aynan shuning uchun kelganmiz va futbolchilar iloji boricha uzoqroqqa borish uchun qo'llaridan kelgan barcha ishni qilishga majburdirlar. Biz jiddiy to'siqni bartaraf etdik", - deya Deshamning so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltiradi.



