Balogunning JCHdagi diskvalifikaciyasi bo'yicha qabul qilingan qaror tafsilotlari ma'lum bo'ldi - The Times

13 iyul 2026, 09:20
AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasini vaqtincha to'xtatib turish haqidagi qarorni FIFA intizom qo'mitasi raisi, BAAlik Mohammad Al-Kamali yakka o'zi qabul qilgan, deb xabar bermoqda The Times.

Vaholanki, FIFA intizom qo'mitasi tarkibiga 18 kishi kiradi, biroq qo'mitaning qolgan a'zolari qaror qabul qilishda ham, ushbu masala bo'yicha maslahatlashuvlarda ham ishtirok etishmagan.

FIFA Balogunning 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalidan o'rin olgan Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yindagi (2:0) chetlatilishi (qizil kartochkasi) uchun berilgan bir o'yinlik diskvalifikaciyasini vaqtincha bekor qilgan edi. Bunday qaror futbolchiga JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Belgiya milliy jamoasiga qarshi uchrashuvda (1:4) maydonga tushish imkonini berdi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu vaziyat bo'yicha FIFA rahbari Janni Infantino bilan gaplashganini tasdiqlagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times