

Futbol musobaqalarining gultoji bo'lgan mundialda ishtirok etish barcha terma jamoalarning maqsadi hisoblanadi. O'zbekiston terma jamoasi bu yil tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bugun esa qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Ushbu tadbir oldidan O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Davron Fayziev fikrlarini bildirdi.
"Qur'a tashlash marosimini barcha qatori men ham kutyapman. Istardimki, terma jamoamizga Argentina, Angliya, Gana yoki Senegal raqib bo'lishini istardim. Negaki, kuchli jamoalar bilan raqobat qilishdan qo'rqmasligimizni ko'rsata oldik. Bekordan bekorga Jahon chempionatiga chiqib qolganimiz yo'q. Qur'ada yaxshi raqiblar ro'baro' kelishini tilab qolaman", – dedi Davron Fayziev.
Eslatib o'tamiz, marosim bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.



