Davron Fayziev: "Katanets o'rniga xorijiy murabbiy varianti ham ko'rib chiqildi. Kapadze uning yordamchilarini qoldirishga qaror qildi"

Narzulla Saydullayev
6 fev 2025
"Futbol" telekanalidagi "Gol" ko'rsatuvida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mehmon bo'ldi.

Ushbu ko'rsatuvda O'FA media departamenti rahbari Davron Fayziev ham ishtirok etdi. 


"Katanets noyabr oyida Qatardagi o'yin vaqtida ham o'zini yomon his qilgan va rahbariyatga murojaat qilib iste'fo berish variantini ko'rib chiqishni so'ragandi. Ammo u paytda bir-ikki kunlik masala edi (qisqa vaqtda safarda KXDRga qarshi o'yin bor edi). Jamoani qiyin holatda tashlab mumkin emasdi. Shu bois hamma kelishgan holda o'sha yig'inni ham birga yakunlashdi.

Katanets yanvar oyidagi yig'inga ham kela olmasligi oydinlashgach O'FAga rasmiy xat yubordi va ishini davom ettira olmasligini ma'lum qildi. O'FA shundan keyingina iste'foni qabul qildi va o'zaro do'stona xayrlashildi.

O'FA rahbariyati qisqa fursatda terma jamoa umuman jabr ko'rmaydigan variantni topishi kerak edi. Omadimiz bor edi Timur Kapadze barcha terma jamoalarda o'ynadi, milliy terma jamoada yordamchi ham bo'ldi, keyinroq Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladi. Hamma tushundiki Kapadzedan zo'r nomzod yo'q. Lekin shunda ham barcha narsani o'z tartibi bor. O'FA murabbiylar kengashini yig'di, nomzodlarni taqidim etdi va shuni aytishim kerakki 100 foiz hamma Timur Kapadze variantini maqulladi. Nomzodlar orasida xorijiy murabbiylar ham bor edi. Ayni paytda har tomonlama mos murabbiy Timur Kapadze ekani oydinlashdi. O'ylaynmaki bu mantiqiy ham bo'ldi, sababi olimpiya terma jamoasidan keyin futbolchilar ham milliy terma jamoaga o'tadi.

Timur Kapadze Katanetsning yordamchilarini terma jamoada qoldirishga qaror qildi. Yani mashg'ulot jarayonlarida keskin o'zgarishlar bo'lmaydi, lekin taktika, tarkib va natija uchun bosh murabbiy javobgar bo'ladi", - dedi Davron Fayziev.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia