

Bugun Yoshlar ijod markazida turnirda ishtirok etuvchi 8 ta jamoa vakillari guvohligida qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. "Like Cup"ning uchinchi mavsumida vayner DiliMe boshchiligidagi "Kotta Bolla", Bahodir Jalolov, Isroil Madrimov, Hasanboy Do'smatov kabi boks yulduzlaridan iborat "Nokaut", vayner Qodir Tolipov boshchiligidagi "Drama Yunayted", vayner Badriddin Husniddinov boshchiligidagi "Al Badr", Mehriddin Rahmatov sardorligidagi "Teatr", mashhur klipmeyker Rauf Nabiev boshchiligidagi "Dutor", Otabek Mirzaxolov boshchiligidagi "Malades" va vayner Jahongir Xo'jaev boshchiligidagi "Sariq Bola" jamoalari ishtirok etishadi.
26 may kuni start oladigan musobaqa g'olibi 4 iyun kuni ma'lum bo'ladi. Qur'a natijalariga ko'ra, "Al Badr", "Nokaut", "Drama" va "Sariq bola" jamoalari "A" guruhidan, "Teatr", "Malades", "Dutor" va "Kotta bolla" jamoalari "B" kvartetidan joy olishdi.














Foto: Jahongir Fayzullaev
