Srechko Katanets, Eldor Shomurodov va Davron Fayziev The Best sovrini uchun kimlarga ovoz berishdi?

Administrator
18 dek 2024, 00:39
Dohada The Best taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

FIFA tomonidan o'tkazilgan tadbirda Vinisius Junior yilning eng  yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu sovrin uchun dunyodagi barcha mamlakatlar terma jamoalari bosh murabbiylari va sardorlari, shu bilan birga, har bir mamlakatdan bir nafar jurnalist ovoz beradi.

O'zbekiston nomidan milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets va sardor Eldor Shomurodov, jurnalistlardan esa taniqli sharhlovchi Davron Fayziev The Best sovrini uchun ovoz berishdi. Quyida kimlarga ovoz berilgani bilan tanishing:

Srechko Katanets: 1. Dani Karvaxal, 2. Vinisius Junior, 3. Rodri

Eldor Shomurodov: 1. Lamin Yamal, 2. Vinisius Junior, 3. Erling Xoland

Davron Fayziev: 1. Vinisius Junior, 2. Rodri, 3. Jud Bellingem


AdministratorMuallif
Manba: FIFA.com