Chexiyada katta "tozalov": 47 kishi kelishilgan o'yinlarda ayblanmoqda!

Aslanov Jasurbek
24 mar 2026, 20:39
Chexiya futbolida jiddiy korrupsiya mojarosi portladi.

Mamlakat policiyasi kelishilgan o'yinlar va totalizatordagi firibgarliklar bo'yicha keng ko'lamli tergov boshladi.

Chexiya futbol assotsiatsiyasi (FAČR) seshanba kuni 47 ta intizomni buzish holati bo'yicha ish ochilganini e'lon qildi. Gumonlanuvchilar orasida klub rahbarlari, hakamlar va futbolchilar bor. Ularning aksariyati tergov yakunlangunga qadar futboldan chetlatilgan.

Mamlakat bosh prokurori Radim Dragunning so'zlariga ko'ra, ayni damda gumondorlarning uylarida tintuv ishlari olib borilmoqda. "The Athletic" nashrining eslatishicha, "Sportradar" tashkiloti 2024 yilda Chexiyani kelishilgan o'yinlar soni bo'yicha Yevropada birinchi, dunyoda esa Braziliyadan keyin ikkinchi o'rinda qayd etgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic