“Chelsi” PSJ futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

11 apr 2020, 08:33
Leven Kyurzava yana bir London klubi nazariga tushdi.

“Chelsi” PSJ himoyachisi Leven Kyurzava uchun kurash olib boradi. Londonliklar 27 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan. Avvalroq Levenni o'z safida “Arsenal” hamda “Barselona” ham ko'rishni xohlayotgani ma'lum bo'lgandi.

Futbolchi joriy mavsum PSJ safida Liga 1 doirasida 14 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.


Manba: 90Min