"Chelsi" Fransiya terma jamoasi a'zosini 60 million evroga ostib oldi

31 iyul 2026, 07:58
Lakrua "Chelsi" bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi va Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri Marko Palestra va Morgan Rodjersdan keyin "ko'klar"ning birinchi jamoasidagi uchinchi yangi o'yinchiga aylandi.

Lakrua 2024 yilning yozida "Volfsburg"dan 18 million funt evaziga o'tganidan so'ng "Pelas" safida 98 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urdi va 31 ta "quruq" o'yin qayd etdi. "Burgutlar" bilan birgalikda Maksans Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi va Konferenciyalar Ligasida g'olib chiqdi.

So'nggi ikki mavsumda "Pelas"ning boshqa hech bir maydon o'yinchisi 26 yoshli Lakruadan ko'proq daqiqa o'ynagani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/chelseafc/