"Bunyodkor" himoyachisi maosh olmayotgani tufayli jamoadan ketmoqda. Ilyos Zeytullaev buni tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2026
Yil boshida "Bunyodkor" klubi bosh homiysi moliyalashtirishni to'xtatishi haqida xabar chiqqandi.

Shu sababli bir necha oydan buyon klub a'zolari maosh olishmayapti. "Bunyodkor" klubining yaponiyalik himoyachisi Itsuki Urata moliyaviy qiyinchilik bo'layotgani tufayli jamoadan ketayotgani haqida xabar chiqdi. Championat.asia sayti jamoa bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev bilan bog'lanib bu haqda so'radi.

- "Bunyodkor"ning asosiy himoyachisi Itsuki Urata jamoani tark etayotgani haqida xabar chiqdi. Buni tasdiqlaysizmi yoki bu yolg'onmi?

- Afsuski bu xabar rost. Sizga bu xabarni kim berganini bilmayman lekin bu haqiqat. Urata o'tgan shanba kunidan buyon mashg'ulotlarimizda ishtirok etmayapti.

- Maoshlar qachon berilishi haqida yangilik yo'qmi?

- Hozircha bu borada menda aniq javob yo'q. Jamoadagi qolgan futbolchilar shunday qiyin vaziyatda sabr bilan mashg'ulotlarda ishlashmoqda. Bor e'tiborimiz "Lokomotiv"ga qarshi bo'lajak o'yinga qaratilgan. Ammo Uratadek futbolchining jamoamizni tark etishi bu murabbiylar shtabi uchun katta zarba.

Ma'lumot uchun, “Bunyodkor“ 2 aprel kuni o'z maydonida “Lokomotiv“ni qabul qiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia