"Brest" YCHLdagi 2 ta g'alaba uchun 4,2 mln evro oladi. Bu klub futbolchilarning 6 oylik maoshini qoplashga etadi

Sherzod Nurmatov
2 okt 2024
Fransiya klubi UEFA Chempionlar Ligasining umumiy bosqichini "Shturm" (uyda, 2:1) va "Zalcburg" (mehmonda, 4:0) ustidan qozonilgan g'alaba bilan boshladi.

Bu bosqichdagi har bir g'alaba 2,1 mln evro mukofot puli olib keladi. 

"RMC Sport" ma'lumotlariga ko'ra, ikki g'alaba uchun to'lanadigan 4,2 mln evro klubning yillik operacion byudjetining (48 mln) 8,75 foizini tashkil qiladi.

Qayd etilishicha, 4,2 mln evro "Brest" futbolchilarining olti oylik umumiy maoshi (bir oylik ish haqi fondi 700 ming evroga baholangan) ekvivalenti ekanligi qayd etilgan.

"Brest" o'tan mavsum Liga 1 da 3-o'rinni egallagan. Jamoa joriy mavsum olti o'yindan keyin 6 ochko bilan turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport