Braziliyada hakam 23 ta (!) qizil kartochka ko'rsatdi: Xalk voqea markazida

Sherzod Nurmatov
9 mar 2026
Mineyro shtati chempionati finalida "Kruzeyro" "Atletiko Mineyro"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi, ammo o'yin ommaviy janjal bilan yakunlandi.

Hammasi qo'shib berilgan daqiqalarda boshlandi: mehmonlar darvozaboni Everson seyvdan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Kristian bilan to'qnashib ketdi va unga tizzasi bilan zarba berdi. Bu esa katta tortishuvga olib keldi. Jumladan, "Atletiko" hujumchisi Xalk "Kruzeyro" xavbeki Lukas Romero boshiga zarba berdi. (VIDEO) 

Mojaro policiya aralashuvidan keyingina to'xtatildi. 

O'yin teng tarkibda davom etgan bo'lsa-da, jami 23 nafar futbolchi jazolanib, bayonnomada 23 ta qizil kartochka qayd etildi.



"Atletiko" ham, "Kruzeyro" ham Braziliya A Seriyasida 4 turdan keyin hali birorta g'alabaga erishmagan: jamoalar mos ravishda 17 va 19-o'rinlarni egallab turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC

O'xshash yangiliklar