Neymar "Santos"ni "tortish"da davom etmoqda. Bu safar hujumchi xet-trik qayd etdi

Khoja
4 dek 2025
Braziliya chempionatining 37-turi bo'lib o'tmoqda. Bizning vaqt bilan tongda "Santos" "Juventude"ga qarshi mehmonda bahs olib bordi.

Uchrashuv mehmonlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahsdagi gollarning barchaiga Neymar mualliflik qildi.

"Santos" so'nggi tur oldidan xavfli zona bilan 2 ochkoli farqni yuzaga keltirdi. Oxirgi turda Neymar va "Santos" jadvalda 3-o'rinda borayotgan "Kruzeyro"ni qabul qiladi.

Eslatib o'tamiz, Neymar ayni vaqtda jarohat bilan o'ynamoqda. Shifokorlarning taqiqiga qaramasdan 33 yoshli hujumchi "Santos"ni A Seriyada olib qolish uchun maydonda harakat qilmoqda.

4 dek 2025, 03:30
Juventude — Santos
0 – 3
Tugadi



KhojaMuallif
Manba: championat.asia