Mesut "Xalk" WWE sport turiga o'tadimi - germaniyalik sobiq futbolchining yangi videosi internetda shov-shuv bo'ldi

Оқил Абдубарноев
4 apr 2024
Mesut O'zil ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yangi videolavhani namoyish etdi.

"Real Madrid" va "Arsenal"ning sobiq o'yinchisi futbol maydonini sport zaliga almashtirdi va bu o'z natijasini ko'rsatmoqda.

35 yoshli O'zildan avvalgi gavdadan asar ham qolmagan va uni bir ko'rishda tanish qiyin.

Videoda Mesutning har biri 50 kilo bo'lgan ikkita toshni ko'tarayotganiga guvoh bo'lish mumkin.


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hazil tariqasida sobiq futbolchining WWE sport turiga tayyorgarlik ko'rayotganini bildirib, izoh qoldirishgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/m10_official