Ayollar o'rtasidagi "El Klassiko"da "Barselona" "Real" darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi

5 okt 2026, 00:09
"Barselona" "Real" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Ispaniya ayollar ligasida peshqadamlik qilmoqda.

"Real" so'nggi yillarda "Barselona"dan eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

Madridning ayollar jamoasi Liga F'ning 6-turida "blaugrana"ga 0:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Birinchi bo'limning o'zida Klaudiya Pina to'rtta gol urdi.

So'nggi bor "Real" "Barselona"ga 7 yoki undan ortiq to'p farqi bilan 2019 yilda imkoniyatni boy bergan edi. O'shanda Kataloniya klubi 9:1 hisobida g'alaba qozongan.

Ispaniya chempionlari yangi mavsumdagi dastlabki olti turda oltinchi g'alabasini qo'lga kiritib, 18 ochko to'plashdi. "Real" ulardan besh ochkoga ortda qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia