⚡️ Braziliya A Seriyasi – 2022 yildagi eng yaxshi chempionat. APL ikkinchi, O'zbekiston Superligasi esa RPLdan yuqorida va Osiyoda kuchli to'rtlikda

Eldor Akmurzayev
20 yanv 2023
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2022 yil yakunlariga ko'ra, milliy chempionatlar reytingini tuzib chiqdi.

Unda o'tgan yildagi kabi Braziliya A Seriyasi peshqadam sifatida ko'rsatildi. Ular hisobida 1181 ochko bor. APL ham 2021 yildagi o'rnini saqlab qolib, 2-pog'onaga joylashdi. La Liga esa kuchli uchlikka yakun yasadi.

Top-10 quyidagicha:

1. Braziliya chempionati – 1181 ball;

2. Angliya – 1086;

3. Ispaniya – 967,5;

4. Germaniya – 921,5;

5. Italiya – 866;

6. Fransiya – 855;

7. Portugaliya – 853,25;

8. Niderlandiya – 808,75;

9. Argentina – 798,5;

10. Paragvay – 701;

…….

15. Turkiya – 582,5.

Osiyo futbol konfederatsiyasiga a'zo mamlakatlar orasida hali hamon Janubiy Koreya chempionati peshqadamlik qilmoqda. Ular umumiy ro'yxatda 18-o'rinda ko'rsatilgan. O'zbekiston Superligasi esa qitada to'rtinchi o'ringa ko'tarildi. Chempionatimiz 2021 yildagiga qaraganda 9 pog'ona yuqorilab, 57-o'rindan joy oldi. Superliga oldingi reytingda 66-bo'lib turgandi.

OFKdagi eng yaxshi chempionatlar:

18. J.Koreya – 525,25;

30. Yaponiya – 402;

40. S.Arabistoni – 352,75;

57. O'zbekiston – 297;

63. Eron – 284,5;

64. BAA – 281,75;

67. Qatar – 267;

71. Tailand – 257,26;

74. Xitoy – 250,6.

Eng quyi pastlash Rossiya Premer-ligasi va Ukraina chempionatida bo'lgan. RPL 36-o'rindan 80-pog'onaga, Ukraina birinchiligi 27-o'rindan 73-pog'onaga tushib ketgan. Belarus Oliy Ligasi esa 78-o'rinni band etdi.

IFFHS. O'zbekistonning uch klubi 2022 yilgi reytingdan o'rin oldi. “Barsa” 20-o'rinda, Ronalduning jamoasi esa top-500'da ham yo'q

O'zbekistonlik 2 futbolchi XXI asrda milliy chempionatlarda eng ko'p gol urgan to'purarlar ro'yxatidan joy oldi. Peshqadam – Ronaldu, Messi esa ikkinchi 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS