"Trabzonspor" "Galatasaray"ni 4:0 hisobida tor-mor etdi, Salohda xet-trik

Administrator
20 sen 2026, 01:08
Turkiya Superligasining 2026/2027 yilgi mavsumi 6-turidan o'rin olgan "Trabzonspor" va "Galatasaroy" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi.

Jamoalar Trabzondagi "Papara Park - Shenol Gyunesh" stadionida maydonga tushishdi. Maydon egalari 4:0 hisobidagi yirik g'alabani nishonlashdi.
To'rtinchi daqiqada "Trabzonspor" hujumchisi Muhammad Saloh o'yinda hisobni ochdi. 39-daqiqada forvard Noa Savolu Salohning uzatmasidan so'ng maydon egalarining ustunligini oshirdi. 44-daqiqada Saloh o'z jamoasining ustunligini yirik ko'rinishga keltirdi. 80-daqiqada Saloh qarshi hujumni muvaffaqiyatli yakunlab, xet-trikni rasmiylashtirdi. 87-daqiqada istanbulliklarning tayanch yarim himoyachisi Lesli Ugochukvu qo'pol fol uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.

“Trabzonspor” - “Galatasaroy” 4:0
Gollar: Saloh 4, 44, 80, Savolu 39.

"Galatasaroy" 13 ochko bilan Superliga turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. Zahirasida bitta o'yini bo'lgan ikkinchi pog'onadagi "Beshiktosh" bilan o'rtadagi farq bir ochkoni tashkil etadi. "Trabzonspor" esa 10 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia