"Dinamo" o'yinchisi chetlatilishi, "Paxtakor" darvozasiga penalti belgilanishi kerakmidi? Superliga 13-turidagi hakamlik tahlili

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2026, 20:40
Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasi 13-turidagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

"Paxtakor" – "Xorazm"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizningcha, hakam to'g'ri qaror qabul qilib, o'yinni davom ettirdi. “Paxtakor” futbolchisining qo'li tabiiy holatda edi, tanadan uzoqlashmagan va to'p tomon qo'shimcha harakat qilmagan.

"So'g'diyona" – "Neftchi"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Mavjud takroriy lavhalardan kelib chiqib, yordamchi hakamning "Neftchi" golini hisobga olish qaroriga ishonishga majburmiz. Yordamchi hakam yaxshi poziciyada edi va vaziyatni qulay rakursda ko'rgan bo'lishi kerak. Fikrimizcha, to'g'ri qaror – golni hisobga olish.

"Lokomotiv" – "Andijon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam yordamchisining ishorasidan so'ng to'g'ri qaror qabul qildi va "Lokomotiv" o'yinchisining qo'l bilan o'ynaganini qayd etdi. U to'p sari qo'li bilan harakat qilmoqda, bu jazolanadigan holat. Gol to'g'ri bekor qilindi.

"Navbahor" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Fikrimizcha, ushbu vaziyatda hakamning o'yiinni davom ettirish qarori – to'g'ri. Mutlaqo normal yakkakurash sodir etilgan. To'g'ri, "Navbahor" o'yinchisi raqibini turtib, uni to'pdan "siqib chiqarmoqda", ammo ushbu kontakt yiqilish va penalti belgilash uchun etarli emas deb hisoblaymiz.

"Navbahor" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam yordamchisi to'g'ri qaror qabul qilib, "Qizilqum" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolganini qayd etdi. Sherigidan to'p uzatilgan vaqtda u ofsayd chizig'idan o'tib ketgan edi.

VAR__24.07.2026_1.png

"Navbahor" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Navbahor" o'yinchisi to'pni o'zidan oldinga tashladi, "Qizilqum" himoyachisi esa to'pga o'ynashga ulgurdi. Shundan so'ng futbolchilar o'rtasida normal kontakt yuz bermoqda. Bizningcha, to'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

"Surxon" – "Dinamo"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ushbu vaziyatda "Dinamo" futbolchisi to'g'ri holatda edi. Hakam yordamchisi vaziyatni to'g'ri baholab, o'yinni davom ettirdi. Gol qoidaga muvofiq urilgan.

VAR__24.07.2026_2.png

"Surxon" – "Dinamo"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizningcha, bu vaziyatda hakam “Surxon” hujumchisiga sariq kartochka ko'rsatmay, xatoga yo'l qo'ydi. Hujumchi o'ylamay harakat qilib, darvozabon uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni inobatga olmagan holda kurashga kirishdi. Nazarimizda, bu vaziyatda jarima zarbasi belgilash va qo'pol o'yin uchun ogohlantirish berish to'g'ri qaror bo'lardi.

❌✅ "Surxon" – "Dinamo"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizningcha, hakam bu qoidabuzarlik uchun “Dinamo” o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatib xato qildi. VAR vaziyatga to'g'ri aralashib, hakamni epizodni takroran ko'rish uchun monitor oldiga chaqirdi. To'g'ri qaror – qoidaning jiddiy buzilgani uchun qizil kartochka, zero butsaning tagi bilan o'ynalgan, zarba yuqoriga yo'naltirilgan, bosim bilan harakat qilingan va jarohat etkazish xavfi mavjud bo'lgan.


Shu tariqa, Superliganing 13-turi doirasidagi o'yinlarda hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi. Ularning har ikkisi "Surxon" – "Dinamo" uchrashuviga to'g'ri keldi, ulardan birini VAR ko'rigidan so'ng tuzatishga erishildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia