

✅ "Bunyodkor" – "Paxtakor"
Ushbu vaziyatda hakamning qaroriga qo'shilamiz. "Paxtakor" hujumchisiga xalaqit berishi mumkin bo'lgan ikkinchi himoyachi bor. Yaqqol "yakkama-yakka" chiqish holati mavjud emas. To'g'ri qaror – istiqbolli hujum buzilgani uchun sariq kartochka.
✅ OKMK – "Mashal"
"Mashal" himoyachisi barcha sheriklari to'p chizig'idan ancha orqada bo'lgan vaqtda qoidani buzmoqda. OKMKning ikkinchi o'yinchisi raqiblariga qaraganda darvozaga yaqinroq joylashgan. Hujum yo'nalishi burchak ostida bo'lsa-da, darvoza tomonga qaratilgan. Bizningcha, to'g'ri qaror – raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilgani uchun qizil kartochka.
✅ "Lokomotiv" – "So'g'diyona"
Hakam to'g'ri qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirdi. Ikkala o'yinchi ham yuqoriga sakragan va ular o'rtasida to'qnashuv yuz bergan odatiy o'yin holati sodir bo'lgan. Agar "So'g'diyona" gol urganida, uni hisobga olish kerak edi.
✅ "Lokomotiv" – "So'g'diyona"
Hakam to'g'ri qaror qabul qilib, qo'l bilan o'ynalgani uchun penalti belgiladi. “So'g'diyona” himoyachisining qo'li tanasidan uzilgan va to'pdan qochmay, aksincha, unga qarab harakatlangan. Chap qo'l tabiiy holatda, ammo o'ng qo'l to'pga tekkanda tanadan ancha uzoqda bo'lgan. To'g'ri qaror: jarima maydonchasi ichida darvoza tomon yo'llangan zarba paytida qo'l bilan qasddan o'ynalmagani uchun intizomiy chorasiz penalti.
❌ "Neftchi" – "Navbahor"
Bizning fikrimizcha, ushbu vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ydi. "Navbahor" o'yinchisi podkat tashlamayapti, balki raqibining oyog'iga sakrab, butsa tishlari bilan to'piqdan yuqori qismiga zarba bermoqda. "Neftchi" o'yinchisining oyog'i maydonda, "tayanch" holatida bo'lib, jarohat etkazish xavfi va haddan tashqari kuch ishlatish mavjud. To'g'ri, "bosib olish" yo'q, ammo mezonlarning aksariyati qo'pol ravishda qoida buzilishini va mos ravishda qizil kartochka ko'rsatilishini anglatadi.
✅ "Neftchi" – "Navbahor"
Hakam to'g'ri qaror qabul qilib, o'yinni davom ettirdi. "Navbahor" himoyachisi tomonidan ushlab qolish "Neftchi" o'yinchisining harakatiga to'sqinlik qilmadi: u qanday sakray olsa, shunday sakradi va zarba berdi. Shu sababli hakam hamda ushbu o'yin vaziyatiga aralashmagan VAR qaroriga qo'shilamiz.
❌ "Neftchi" – "Navbahor"
"Neftchi" o'yinchisi raqibni ko'rib turibdi, butsa tishlari bilan uning boshiga zarba berib, raqibiga jiddiy jarohat etkazish xavfini yuzaga keltirmoqda. Ushbu vaziyatda zarba sirpanib o'tib ketgan bo'lsa-da, sariq kartochka haqida gap bo'lishi mumkin emas, chunki gap bosh haqida ketmoqda. To'g'ri qaror – qo'pol ravishda qoida buzilgani uchun qizil kartochka.
❌ "Nasaf" – "Qizilqum"
"Nasaf" hujumchisi ochiqchasiga simulyaciya qilmoqda va darvozabon bilan hech qanday to'qnashuv bo'lmagan bo'lsa-da, oyoqlarini yig'ishtirib yiqilmoqda. Keyingi harakatlarni "mushtlashuv" deb atay olmaymiz: bunday vaziyatlar har bir o'yinda ko'p uchraydi, qolaversa, bu ommaviy mojaroga olib kelmadi. To'g'ri qaror – hakamni aldashga uringani uchun sariq kartochka.
❌ "Nasaf" – "Qizilqum"
Fikrimizcha, "Qizilqum" o'yinchisi sportga xos bo'lmagan harakatlari uchun aybdor sanaladi. To'p yaqin atrofda emasdi, u esa raqibini elka qismidan atayin turtmoqda. To'g'ri qaror – sariq kartochka.
P.S. Hakam dastlab qizil kartochka ko'rsatdi, biroq keyinroq o'z qarorini bekor qildi, shu bilan birga sariq kartochka ko'rsatmadi.
✅ "Nasaf" – "Qizilqum"
Vaziyatni ko'rib chiqish uchun hakamni monitor yoniga chorlagan VAR qaroriga qo'shilamiz. "Qizilqum" himoyachisining qo'li tanasidan uzoqlashgan, notabiiy holatda. Yonida bo'lgan raqib to'pni bosh bilan o'ynamayapti, bu esa to'p va qo'l o'rtasidagi kontakt katta masofadan sodir bo'layotganini anglatadi va bu uchun himoyachi to'liq javobgar sanaladi. To'g'ri qaror – penalti.
✅ "Dinamo" – "Qo'qon-1912"
"Qo'qon-1912" himoyachisining qo'li tanasidan uzoqlashgan, to'p tomon harakatlangan va to'p qo'lga tekkan vaqtda notabiiy holatda bo'lgan. To'g'ri qaror – penalti.
✅ "Dinamo" – "Qo'qon-1912"
Ushbu takroriy lavhalar orqali "Dinamo" o'yinchisi tomonidan qoida buzilgan deb ayta olmaymiz, chunki aniqlik kirituvchi rakurs mavjud emas. Agar to'p qo'lga tekkan bo'lsa ham, to'p kutilmaganda va qisqa masofadan yo'naltirilgan edi. Himoyachining qo'lini tortib olishga urinishini ko'ryapmiz. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.
Shu tariqa, Superliganing 14-turidagi o'yinlarda hakamlar "Neftchi" – "Navbahor" va "Nasaf" – "Qizilqum" o'yinlarida ikkitadan, jami – to'rtta xatoga yo'l qo'ydi.



