"Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirdi" - Bobur Abdurahmonov

Sherzod Nurmatov
28 avg 2026, 19:28
Proliganing 17-turidan o'rin olgan "Paxtakor farm" – "TerDU" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Bobur Abdurahmonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz...

- Bugungi g'alaba bilan bolalarni tabriklayman. Yaxshi o'ynashdi, harakat qilishdi. Faqat o'yin soat 17:00 da boshlangani uchun birinchi bo'lim ozgina issiqlik qildi.

Ikkinchi taymda bolalarga ko'rsatma berdik, o'zlariga kelib olishdi va ikkita gol urishdi. Eng muhimi, zaxiradan tushgan bolalar ham bu gal o'yinni sezilarli darajada kuchaytirishdi. Shunisidan xursandmiz.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia