Farhod Nishonov: "Negadir xatolar ko'p bo'ldi"

19 iyul 2026, 01:07
Proligada "Olimpik Mobiuz" – "Lochin" (2:3) o'rtasida 9-turning qoldirilgan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan keyin "Olimpik Mobiuz" bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Raqib jamoani g'alaba bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarida omad tilayman. Uchrashuvga yaxshi hozirlik ko'rgandik, lekin negadir xatolar ko'p bo'ldi. Ishlashda davom etamiz, oldinda o'yinlar ko'p, o'z ustimizda ishlab o'sishda davom etishimiz kerak.

- Daler Tuxsanov "Neftchi" o'rinbosarlaridan keldi. Jamoadan ketganidan beri o'yini ancha orqaga kyetibdi.

- Bunga tabiiy holat sifatida qarash kerak, chunki uzoq vaqt amaliyotsiz qoldi. Daler asosiy tarkibda o'ynash uchun Farg'onaga ketgandi, uning darajasi o'rinbosarlar darajasidan yuqori deb o'ylayman. Raqobatda yutqazgani sababli zaxirada qolib ketdi. Albatta, bu futbolchi ham loyihamizning bir bo'lagi bo'lgani uchun yana qaytarib oldik. Buyog'i ko'p jihatdan futbolchining o'ziga bog'liq, agar yaxshi faoliyatni xohlasa yanada qo'shishi, bir qadam orqaga - ikki qadam oldinga tashlashi kerak bo'ladi. Bizning ishimiz yoshlarga ko'mak berish, to'g'ri yo'nalish ko'rsatish hisoblanadi.

- Asosiy darvozabon Samandar Muratbaev "Nasaf"ga ketganidan keyin muammolar kuzatila boshlandi. O'tkazib yuborilayotgan ko'p gollar darvozabon xatosi bilan ro'y bermoqda.

- To'g'ri, darvozabonlar borasida muammolar bor. Bekorga darvozabon - yarim jamoa deyishmaydi. Hozirgi darvozabonimizga biroz vaqt kerak. Odatda darvozabonlar kech o'ynab ketadi. Shu ketishda hozirgi darvozabonimiz albatta o'z o'rnini topadi. Rustamjonovni taklif etmoqchi bo'ldik, lekin uning o'z klubi bilan shartnomasi borligi sabab indamay qo'ya qoldik.

1000137968.jpeg

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia