

Insayder Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, tomonlar transfer bo'yicha deyarli kelishuvga erishgan. Hozirda muzokaralar yakuniy bosqichda bo'lib, shartnomaning yakuniy bandlari muhokama qilinmoqda.
Portugaliyalik yarim himoyachi Madrid klubi bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Shuningdek, kelishuvda yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bo'ladi.
Bernardu Silva to'qqiz mavsum davomida "Manchester Siti" safida to'p surdi va yaqin vaqt ichida faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin. Oldinroq futbolchining “Barselona”ga deyarli o'tib bo'lgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.
Eslatib o'tamiz, Bernarduning hamyurti “Real” bosh murabbiyi sifatida Joze Mourinyu ish boshladi.



