

"Tuttosport" xabariga ko'ra, turinliklar yarim himoyachiga yiliga "toza" 6 mln evro, shuningdek, bonuslar sifatida 2 mln evro (bir million - Chempionlar ligasiga yo'llanma olgani uchun, ikkinchisi - muayyan miqdordagi o'yinlar va gollar uchun) to'lashga tayyor. Shartnoma ikki mavsumga mo'ljallanib, uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Silva ushbu variantni ko'rib chiqmoqda va ma'lumot to'plamoqda. U "Yuventus"ning sobiq futbolchilari Krishtianu Ronaldu, Joau Kanselu va Danilo bilan maslahatlashgan, ular esa transfer g'oyasini maqullashgan.
31 yoshli portugaliyalik futbolchi "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etmoqda.



